O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

2016-09-15 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin: 
 

1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi, 23-uy. 
Saylovchilar soni – 1188763 kishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasi doirasida. 
 

2-Andijon saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Andijon shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 32-uy. 
Saylovchilar soni – 1984247 kishi. 
Andijon viloyati chegarasi doirasida. 
 

3-Buxoro saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Buxoro shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 3-uy. 
Saylovchilar soni – 1265163 kishi. 
Buxoro viloyati chegarasi doirasida. 
 

4-Jizzax saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Jizzax viloyati bo‘limi binosi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shohko‘chasi, 70-uy. 
Saylovchilar soni – 844309 kishi. 
Jizzax viloyati chegarasi doirasida. 
 

5-Navoiy saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Farhod” madaniyat saroyi binosi, Navoiy shahri, Xalqlar do‘stligi shohko‘chasi, 58-uy. 
Saylovchilar soni – 641380 kishi. 
Navoiy viloyati chegarasi doirasida. 
 

6-Namangan saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15-uy. 
Saylovchilar soni – 1771067 kishi. 
Namangan viloyati chegarasi doirasida. 
 

7-Samarqand saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey binosi, Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy. 
Saylovchilar soni – 2373738 kishi. 
Samarqand viloyati chegarasi doirasida. 
 

8-Sirdaryo saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Guliston shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 66-uy. 
Saylovchilar soni – 529810 kishi. 
Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida. 
 

9-Surxondaryo saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – 1-bolalar musiqa va san’at maktabi binosi, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 12-v uy. 
Saylovchilar soni – 1581214 kishi. 
Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida. 
 

10-Toshkent viloyati saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent viloyati moliya boshqarmasi binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 17-uy. 
Saylovchilar soni – 1943289 kishi. 
Toshkent viloyati chegarasi doirasida. 
 

11-Farg‘ona saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi binosi, Farg‘ona shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 27-uy. 
Saylovchilar soni – 2417891 kishi. 
Farg‘ona viloyati chegarasi doirasida. 
 

12-Xorazm saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Barkamol avlod” bolalar markazi binosi, Urganch shahri, G‘afur G‘ulom ko‘chasi, 1-uy. 
Saylovchilar soni – 1167263 kishi. 
Xorazm viloyati chegarasi doirasida. 
 

13-Qashqadaryo saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi binosi, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy. 
Saylovchilar soni – 1984042 kishi. 
Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida. 
 

14-Toshkent shahar saylov okrugi
 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent shahar hokimligi ma’muriy binolardan foydalanish departamenti binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 14-uy. 
Saylovchilar soni – 1742833 kishi. 
Toshkent shahri chegarasi doirasida. 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda e’lon qilinsin. 
 

Markaziy saylov komissiyasi
Raisi M.Abdusalomov


Toshkent shahri, 
2016-yil 15-sentabr 

Поделиться