O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Paralimpiyachilarimiz yana shohsupaga ko‘tarildi
2016-09-13 | Sport
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XV Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Dmitriy Xorlin 400 metrga erkin usulda suzishda 4 daqiqa 06.63 soniya qayd etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga yana bitta bronza medalni Ahror Bozorov taqdim etdi. Pauerlifting bo‘yicha vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida qatnashgan cportchimiz 207 kilogramm natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Ayni paytda O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 6 oltin, 4 kumush va 13 bronza medal bor.