O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyatida 2003-2015-yillarda 88 bolalar sporti inshooti barpo etildi

2016-09-07 | Sport

Mamlakatimizda sport, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Navoiy viloyatida 2003-2015-yillarda jamg‘arma tomonidan 88 sport inshooti qurildi. Ularning aksariyati umumta’lim maktablari qoshida barpo etilgani o‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat yaratmoqda. 

Ayni paytda viloyatdagi 14 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 18 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanayotir. Ushbu maktablarda yosh sportchilarni tayyorlash va tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan. Malakali mutaxassislar murabbiyligida bo‘lajak sportchilar bilan ishlashning o‘ziga xos uslublari qo‘llanilayotir. Yoshlarni sportga jalb etish, ularni layoqatiga qarab yo‘naltirish o‘qituvchi-murabbiylardan yuksak bilim va tajriba talab qiladi. Shu bois mamlakatimizda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari tayyorlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimi takomillashtirildi. Buning samarasida ayni paytda viloyatdagi bolalar va o‘smirlar sport maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan 536 murabbiyning 187 nafari xotin-qizlardir. 

– Yoshlarimiz erishayotgan ulkan yutuqlar mamlakatimizda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar samarasidir, – deydi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Navoiy viloyati filiali bosh mutaxassisi Madad Farmonov. – Eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 25-yillik bayrami munosabati bilan chekka qishloqlarda ta’lim olayotgan yoshlar uchun 6 sport inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Sportning voleybol, basketbol, futbol, badiiy gimnastika va kurash turlariga ixtisoslashgan zallar, yopiq suzish havzasi barpo etildi. Yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi yo‘lida yaratilayotgan sharoitlar ularning sog‘lom ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Bolalar sportiga qaratilayotgan e’tibor samarasini joylarda barpo etilayotgan sport maskanlari va ularda yaratilgan sharoitlar misolida ham ko‘rish mumkin. 

– Bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar safi yildan-yilga kengaymoqda, – deydi Qiziltepa tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Sunnatullo Yusupov. – Maktabimizda 1 ming 247 o‘g‘il-qiz 13 sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Tarbiyalanuvchilarimiz xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2015-yil mart oyida Tailand poytaxti Bangkok shahrida muaytay bo‘yicha o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 42 kilogramm vazn toifasida Elbek O‘ktamov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Joriy yilda maktabimiz tasarrufida 200 qatnovga mo‘ljallangan yopiq suzish havzasi faoliyat boshladi. Bu yangi iste’dodlarni kashf etishga xizmat qiladi. 

Поделиться