O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samimiy qutlovlar
2016-09-01 | Siyosat
Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda Davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llashgan:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi – Pan Gi Mun
Iordaniya Podshohi – Abdulloh Ikkinchi
Ispaniya Qiroli – Felipe VI
Niderlandlar Qiroli – Villem-Aleksandr
Tailand Qiroli – Pumipon Adulyadet
Bruney Dorussalom Sultoni – Hoji Hassanal Bolkiyah
Koreya Respublikasi Prezidenti – Pak Kin Xe
Rim-katolik cherkovi rahbari – Papa Fransisk
Latviya Respublikasi Prezidenti – Raymonds Veyonis
Shveytsariya Konfederatsiyasi Federal Prezidenti – Yoxann Shnayder-Ammann
Gretsiya Respublikasi Prezidenti – Prokopis Pavlopulos
Ruminiya Prezidenti – Klaus Yoxannis
Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy
Misr Arab Respublikasi Prezidenti – Abdulfattoh as-Sisi
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti – Chan Day Kuang
Avstraliya General-gubernatori – Piter Kosgrouv
Armaniston Respublikasi Prezidenti – Serj Sargsyan
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atamboyev
Yaponiya sobiq Bosh vaziri – Yoshiro Mori
“Boing – fuqaro samolyotlari” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori, “Boing” korporatsiyasi vitse-prezidenti – Reymond Konner
“KOGAZ” Koreya gaz korporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori – Li Sing Xun
“Lotte Grup” raisi – Shin Dong Bin
“Shindong Enerkom” kompaniyasi raisi, “Koreya – O‘zbekiston” do‘stlik assotsiatsiyasi raisi – Kim Yun Suk
“Xyunday Injiniring” prezidenti va bosh ijrochi direktori – Kim Vi Chul
Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi, “KLAAS” kompaniyasi rahbari – Yan-Xendrik Mor
“LEMKEN” kompaniyasi ijrochi direktori – Antoni van der Ley
Jahon Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Lev Levayev
“Soka Gakkay Interneshnl” prezidenti – Daysaku Ikeda
BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari – Petko Draganov
BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili – Stefan Prisner
Britaniya Kengashi ijrochi direktori – Kiran Diveyn
Britaniya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi – Xartli But
Evropa xalqaro munosabatlar instituti prezidenti – Irnerio Seminatore
Bremerxafen universiteti rektori – professor Peter Ritsengoff
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.