O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faol boshlang‘ich tashkilotlar aniqlandi

2016-08-26 | Jamiyat

Nukusda “Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan tanlovning quyi bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan 21 boshlang‘ich tashkiloti 7 yo‘nalish bo‘yicha bahslashdi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Ibrohimova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilot faoliyat yuritmoqda. 

– Boshlang‘ich tashkilotimiz qoshida faoliyat olib borayotgan “Iqtidorli qizlar”, “Zulfiyaxonim qizlari” klublari, “Orasta qizlar” to‘garagi, “Ibn Sino” salomatlik va "Oila”, “Psixologiya” markazlari xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Seytnazarova. – Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan. 

Barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Manba: O'zA

Поделиться