O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Baholovchilar va baholovchi istagida bo'lgan jismoniy shaxslar diqqatiga...
2016-08-23 | Iqtisodiyot
O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan baholovchi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlariga tadbiq etiladigan test savollari qayta ko'rib chiqilib qonunchilik doirasida tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi ma'lum qilinadi.
Ushbu test savollari baholash faoliyati to'g'risidagi qonunchilik hamda boshqa qonun osti xujjatlarga tegishli qo'shimcha o'zgartirishlar kiritilganligi sababli qayta ko'rib chiqildi va qonunchilik talablariga moslashtirildi.
Mazkur test savollariga qo'shimcha o'zgartirishlar kiritilishida o'quv markazlari, jamoat tashkilotlari, baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning takliflari ham inobatga olindi.
Baholovchilar uchun test savollarining yangilangan loyihasi bilan www.gkilicenz.uz rasmiy saytining “Malaka imtixoni” bo'limi, “Baholash faoliyati” betida tanishishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.