O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqillik darslari tashkil qilinadi

2016-08-22 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida barcha umumta'lim maktablarida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil qilinadi.

Mazkur darslarda mustaqillikning 25 yili davomida yurtimizdagi barqaror, tinch va osuda hayot, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag'rikenglik kabi olijanob fazilatlarni, “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” degan hayotiy haqiqatni asosiy va bosh g‘oya sifatida dars jarayonida davra suhbati orqali har bir o'quvchiga batafsil tushuntiriladi.

Shuningdek, ushbu darsda o‘quvchi-yoshlarga respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib berilishi ko‘zda tutilgan.

Поделиться