O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zulfiyaxonim qizlari qo‘lga kiritgan yutuqlar keng targ‘ib etilmoqda

2016-08-19 | Jamiyat

Yoshlar ijod saroyida Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining an’anaviy anjumani o‘tkazildi.

 Zulfiyaxonim qizlari qo‘lga kiritgan yutuqlar keng targ‘ib etilmoqda

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, iqtidorli qizlar, ta’lim, ma’naviyat fidoyilari, xotin-qizlar, mahallalar faollari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari taklif etildi. 

Prezidentimiz rahnamoligida istiqlol yillarida yoshlar kamoloti va istiqboli yo‘lida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda bu borada yaratilgan milliy qonunchilik yoshlarning barkamol, sog‘lom, yuksak ma’naviyat sohiblari bo‘lib voyaga yetishida muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iqtidorli qizlarni kashf etish, ularning ezgu orzulariga qanot bag‘ishlashda, qobiliyatli qizlar safining tobora kengayishida muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur mukofotga munosib topilgan qizlar sport, fan olimpiadalari, san’at festivallari, xalqaro tanlovlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. 

Xalqimizning qutlug‘ ayyomi – istiqlolimizning 25-yillik to‘yi arafasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy muloqotlar, mushoiralar, badiiy kechalar, ko‘rgazmalar, sport turnirlari o‘tkazilmoqda. Ularda mustaqillikning aziz va bebaho ne’matlaridan bahra olib voyaga yetayotgan qizlarimizning qo‘lga kiritgan yutuqlari keng targ‘ib va tashviq etilmoqda. 

Suyukli shoiramiz nomidagi Davlat mukofotiga bu yil sazovor bo‘lgan qizlardan biri – Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Aziza Botirova. Jahon bastakorlarining asarlarini fortepianoda maromiga yetkazib ijro etuvchi bu qiz yurtimiz hamda Italiya, Ispaniya, Fransiya, Ruminiya va boshqa ko‘plab mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarda o‘n martadan ortiq ishtirok etib, Gran-pri mukofoti, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 

– O‘zbekistondek aziz diyorda tug‘ilib, voyaga yetganimdan g‘oyat faxrlanaman, – deydi Aziza. – Biz – yoshlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tibor, g‘amxo‘rliklar ezgu orzularimizning yuzaga chiqishida, yuksak ijodiy parvozlarimizda zo‘r qanot bo‘lmoqda. Men ham barcha dugonalarim singari bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, unga munosib bo‘lishga astoydil intilaman. 

Anjumanda shoira qizlarning «Seni ulug‘laymiz, jonajon Vatanim!» mavzuidagi mushoirasi bo‘ldi. Xorijiy tillarni mukammal egallagan qizlarning xitoy, yapon, fransuz, nemis, ingliz, grek, arab, italyan, fors tillaridagi she’r, qo‘shiq, tabriklari, Vatanimizni, istiqlolimizni, nurli istiqbolimizni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi. 

Manba: O'zA

Поделиться