00:05:40 (GMT+5)    10.04.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Aprel 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

2024-11-01 | Iqtisodiyot

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

Kuni kecha, Davlatimiz rahbari yubiley sana munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash bo‘yicha tegishli Farmonni imzolagan edi.

Tadbirda davlatimizning ana shu yuksak mukofotlarini Prezidentimiz nomidan Bosh vazir o‘z egalariga topshirdi.

Mukofotlangan konchi va metallurglar yuksak e’tibor uchun Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir so‘ngida konsert dasturi namoyish etildi.

Поделиться