O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Bayonnoma kuchga kirdi

2023-08-25 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma kuchga kirdi

2023-yil 25-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma (Bishkek shahri, 2023-yil 27-yanvar) kuchga kirdi.

Shuni qayd etish lozimki, ikki davlat hududiga kirish, undan chiqish, tranzit o‘tish, harakatlanish va unda bo‘lib turish uchun identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalanish o‘zaro kelishuvga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabr soat 00:00dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

Bayonnoma bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi.

Jumladan, bundan buyon O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda bo‘lib turishlari mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Qirg‘iziston Respublikasiga kirish, undan chiqish va tranzit orqali boshqa davlatlarga o‘tishlari mumkin.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться