O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Cengiz Holding» kompaniyasi O‘zbekistondagi biznesini kengaytirish bo‘yicha yangi rejalarini taqdimot qildi

2023-08-09 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi.

Uchrashuv chog‘ida davlatimiz rahbariga ushbu energetika obyektlarining ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.  

Bundan tashqari, Prezidentimiz Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishiga start berdi.

«Cengiz Holding» kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari taqdimot qilindi.

Avtomobil yo‘llari va tunnellarni modernizatsiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va istiqbolli foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish, energetika infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik shartlarida boshqarish shunday loyihalar jumlasidan.

O‘zbekiston yetakchisi turkiyalik investor ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va to‘liq amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться