O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kanakunjut yetishtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2023-08-03 | Jamiyat

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Italiyaning «EniS.p.A.» kompaniyasi Jamoatchilik bilan aloqalar direktori Lapo Pistyelli boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Suhbatda vazir Aziz Voitov O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ko‘pqirrali munosabatlar jadal rivojlanib, keng hamkorlik amaliy tus olayotgani va O‘zbekistonning nafaqat Italiya, balki, butun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorligi oxirgi yillarda sezilarli darajada faollashganini aytib o‘tdi.
 
Suhbat chog‘ida kanakunjutni mamlakatimizning sug‘oriladigan mintaqalarida bir yillik ekin sifatida yetishtirish imkoniyatlari mavjudligi, uning oziq-ovqat, dori-darmon hamda soch va terini parvarish qilish mahsulotlariga qo‘shimchalar, shuningdek sanoatda moylash materiallari va biodizel yoqilg‘isi komponenti sifatida ishlatilishi qayd etib o‘tildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar kanakunjutni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va birgalikda yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться