O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT institutlari rahbarlari bilan Orolbo‘yidagi loyihalar va suvdan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi

2023-07-20 | Siyosat

Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiyaning hamkorlar bilan uchrashuvlari davom etdi. Delegatsiya a’zolari BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining (ECOSOC) yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida tashkilot institutlari rahbarlari bilan uchrashdi. 

BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ijrochi kotibi Olga Algayerova bilan Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, uning monitoringini olib borishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha YeIK bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi

YeIK rahbari hozirda BMT doirasida suv masalasiga qaratilgan vositalar mavjudligi va ular 30 yillik sinovdan o‘tganini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida yangi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

BMT Taraqqiyot dasturi administratorining yordamchisi — Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byuro direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashuvda Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishiga qarshi, mahalliy aholi ijtimoiy himoyasini yaxshilashga qaratilgan texnik va moliyaviy loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning 2-Barqaror rivojlanish bondlarini chiqarishda BMTTD bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev hamda mamlakatimizga tashrif buyurgan Ivana Jivkovich boshchiligidagi BMTTD mas’ullaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Unda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, kambag‘allikni qisqartirish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish, “Tashabbusli budjet” loyihasi va uning odamlarni faollikka chorlashdagi ahamiyati, ijtimoiy himoya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться