O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar siyosati va sport vazirligining Hayʼat yigʻilishi bo‘lib o‘tdi
2023-07-17 | Sport
15-iyul kuni yoshlar siyosati va sport sohasida oʻtgan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar hamda navbatdagi muhim vazifalarga bagʻishlangan vazirlikning Hayʼat yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirtish borasida o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi ko'rib chiqildi.
Xususan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bevosita hal etish bo‘yicha 9406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unikal tizim yaratildi.
-Mahallada bu tizim orqali, yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi.
-Har bir mahallada “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
-“Yoshlar daftari” tizimi yaratilib, o‘tgan yilning o‘zida 300 ming nafar yoshlarga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi
Hay'at yig'ilishi davomida sport sohasida o'tgan 6 oy davomida erishilgan natijalar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar ham birma bir ko'rib chiqildi.
Xususan o'tgan 6 oy davomida Jahon va Osiyo musobaqalarida 307 nafar sportchilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘ldi.
9 ta, ya'ni dzyudo, boks, yengil atletika, badiiy gimnastika, triatlon, baydarka va kanoeda eshkak eshish kabi sport turlari bo‘yicha xalqaro darajadagi musobaqalar O‘zbekistonda o‘tkazildi
Hozirda, Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida sportchilarimiz ishtirok etib, kelgusi yildagi Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta litsenziyalarni qo‘lga kiritdilar
Bundan tashqari sportchilarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida “Sport sohasida huquqiy ko‘mak markazi” tashkil etildi.
Shu o'rinda hududlarda sport sohasini rivojlantirishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarga alohida e'tibor qaratildi.
Shulardan kelib chiqqan holda mas'ul rahbarlarga so‘nggi bor qattiq ogohlantirilib, joriy yil yakuniga qadar o‘zgarishi uchun so‘nggi bor imkoniyat berildi.
Hay'at yig'ilishida sport maktablari faoliyatini samarali tashkil etish borasida yaratilgan sharoitlar kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Ta'kidlash lozim o‘tgan davrda sport maktablarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash hamda ish faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan navbatdagi bir qator qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Eng muhimi, sport maktablariga qo‘yilgan talabni birma-bir tushuntirish va ularning muammolarini hal etish maqsadida bir necha marotaba vazirlik ishchi guruhlari joylarga yuborildi.
O‘tgan yili trenerlar oylik maoshi 1,35 barobarga oshirildi, maktablarning ehtiyojiga ko‘ra 89 turdagi 47 mlrd. so‘mlik sport inventarlari yetkazib berildi.
Bu yil esa nafaqat sport inventarlari, balki ilk bor sport tibbiyoti jihozlari, dori-darmon vositalari, ekipirovka va uslubiy qo‘llanmalar ham markazlashgan tarzda yetkazib beriladi.
Bugungi kunga kelib, mavjud 254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sportchi-o‘quvchilar qamrovi 350 ming nafardan oshdi.
Yig'ilish davomida sport yo‘nalishida oliy ta'lim muassasalari faoliyati natijadorligini oshirish hamda 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi
Jumladan, sohada bir qator integratsiya ishlarini amalga oshirgan holda tizimni yanada takomillashtirishga erishilgani alohida qayd etib o'tildi.
Xususan, Davlat test markaziga “ERP-Sport”dan sport razryadlarini avtomatik tekshirish orqali abiturientlardan hujjat qabul qilish tizimi joriy etildi;
Ijodiy imtihon natijalarini “ERP-sport”dan Davlat test markaziga uzatish ishlari to‘liq ishga tushirildi.
Shu bilan birga jismoniy tayyorgarlik darajasi “sport sinovlari” axborot tizimi ishlab chiqilib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
Qolaversa, ilk bor barcha davlat sport-ta'lim muassasalariga qabulni amalga oshirish imkonini beradigan “onlayn qabul” interaktiv xizmati ishga tushirilib, yoshlarga onlayn hujjat topshirish imkoniyati yaratildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi