O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi

2023-07-07 | Iqtisodiyot

Farg‘onada Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ishtirokida investitsiya dasturlari, eksport ko‘rsatkichlari, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish holati muhokama qilindi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, shahar va tumanlar hokimlarining tegishli o’rinbosarlari, viloyat sanoat va investitsiyalar sohasi mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda Investitsiya dasturlari doirasida ishga tushiriladigan loyihalar ijrosi, eksport prognoz ko’rsatkichlari, yanvar-iyun oylari davomida investitsiyalarni o’zlashtirish holati bo’yicha shahar-tuman hokimlarining o’rinbosarlari, tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Asosiy e'tiborni tadbirkorlarning muammolarini hal qilish, korxonalarni kengaytirish va yangilarini yaratish, sanoat zonalarini rivojlantirish, hududlarning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratish shartligini qayd etgan vazir Laziz Kudratov, tasdiqlangan investitsiya dasturlari o’z muddatida bajarilishini ta'minlash uchun tadbirkorlar bilan tizimli ravishda ish tashkil qilish lozimligini ta'kidladi.

Yig’ilish so’nggida loyiha tashabbuskorlari, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, hududning sanoat va eksport salohiyatini yuksaltirish bo’yicha vazifalar belgilandi.

Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi

Поделиться