O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar oyligi doirasida IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

2023-06-26 | Yoshlar

Toshkent shahridagi Yapon bog‘ida Yoshlar oyligi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda IT sohasining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar ishtirok etdi. 

Dastlab vazir Sh. Shermatov uchrashuv ishtirokchilarini Vazirning yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi Fazliddin Anvarov bilan tanishtirdi va kelgusidagi ishlarni muhokama qildi. 

Tadbirning asosiy qismi savol-javob tarzida bo‘lib, yoshlar barcha kerakli savollariga shaxsan vazirning o‘zidan javoblar oldilar. So‘ng barcha fikrlar o‘rganib chiqildi hamda soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться