O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Uzbekistan Airports”ga maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi

2023-05-18 | Iqtisodiyot

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) “Uzbekistan Airports” AJga Oʻzbekiston xalqaro aeroportlarida aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 million yevrogacha boʻlgan uzoq muddatli moliyalashtirishni taqdim etadi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan yillik forumida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamladi.

Forum doirasida “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva va Yevroosiyo boʻyicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik mandat xatlari bilan alishdilar.

“Bank mablagʻlari hisobidan yoʻlovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan toʻldirish va hojatxona boʻlimlariga xizmat koʻrsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, YETTBning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi”, — dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

Bundan tashqari, YETTB va Uzbekistan Airports oʻrtasida 1 million yevrodan ortiq grant mablagʻlarini ajratish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali Uzbekistan Airports va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilishni koʻzda tutadi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, bu Oʻzbekistonda, moliyalashtirish mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi namunasi boʻladi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться