O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Energetika sohasi islohotlarni ta’minlashda innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” loyihasi

2023-05-16 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki hamda Jahon banki boshqaruvidagi Transformativ uglerod aktivlari fondi (TCAF) bilan hamkorlikda “Energetika sohasi islohotlarni ta’minlashda innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” loyihasini (“Loyiha”) amalga oshirish bo‘yicha jadal ishlar olib bormoqda. 

Loyiha, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining energetika sohasida islohotlarni amalga oshirish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish doirasida zaruriy infratuzilmani yaratishga qaratilgan moliyalashtirish mexanizmini shakllantirishga qaratilgan. Loyihaning yakuniy natijasi issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi 436-son qaroriga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanib, uglerod savdosi va uglerod bozorlariga chiqish uchun milliy huquqiy bazani yaratish choralarini ko‘rmoqda hamda Parij bitimining 6-moddasi doirasida mazkur pilot loyihani birinchi uglerod savdosi bitimi sifatida amalga oshirmoqda. 

Loyiha doirasida energetika sohasidagi islohotlarning aholiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha malakali ekspertlar va resurslarni jalb qilgan holda loyihaning ijtimoiy va atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini yumshatish, jumladan axborot almashish kampaniyalari, shikoyatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shundan kelib chiqib, loyiha doirasida atrof-muhit va ijtimoiy majburiyatlar (ESCP) va manfaatdor tomonlar bilan ishlash rejasi (SEP) ishlab chiqilib, jamoatchilikka oshkor qilinmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться