O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

2023-05-12 | Ta’lim

Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumi doirasida mamlakatimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Buyuk Britaniyaning “Portsmut” universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Memorandum doirasida “Portsmut” universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizdagi lider maktab direktorlari uchun Buyuk Britaniyada ikki haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishildi. 

Shuningdek, “Portsmut” universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari doktor Stiven Korbetni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchi etib tayinlash kabi masalalar muhokama qilindi.  

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida respublikamizning maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan xalqaro universitetlar o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться