O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Tashabbusli byudjet"da 2 mingdan ortiq ovoz yig‘ganlarga ham qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

2023-04-11 | Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, "Tashabbusli byudjet" jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish  hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024 yil uchun byudjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться