O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

2023-04-11 | Siyosat

“Tashabbusli budjet” dasturida g‘olib bo‘lmagan ko‘plab loyihalarga ham mablag‘ ajratiladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmadagi kamchiliklar manzilli hal etilmoqda. Eng muhimi, bu loyihalar aholining talab va takliflari asosida shakllantirilmoqda.

Shunday ishlar doirasida so‘nggi uch yilda 9 ming 500 ta mahallaga 57 trillion so‘m ajratilgan. Bu mablag‘lar hisobiga 3 ming 500 ta mahallada ichki yo‘llar, yana shunchasida bog‘cha, maktab va shifoxona ta’mirlangan. 1 ming 19 ta mahallada ichimlik va oqova suvi ta’minoti yaxshilanib, 452 tasi zamonaviy qiyofaga keltirilgan.

Inson qadri tamoyili asosida bu yil mahallalarga ajratilayotgan mablag‘lar ko‘lami 25 trillion so‘mga yetkazildi. Xususan, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida 8 trillion so‘m ko‘zda tutilgan.

Yaqinda ushbu dasturning 1-mavsumi yakunlandi. Yig‘ilishda uning natijalari va amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berildi.

Bu mavsumda aholi tomonidan yo‘l, suv, elektr, maktab, bog‘cha va shifoxonalarni yaxshilashga 34 mingta loyiha takliflari ovozga qo‘yilgan. Ovoz berish jarayoni yakuniga ko‘ra, 1 ming 666 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Bu borada odamlarning faolligi oshgani ham e’tiborga molik. Masalan, 2021-yilda ovoz berish jarayonida 1 million 200 ming aholi ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil 1-mavsumning o‘zida ularning soni 16 milliondan oshdi. Shuningdek, ilk marotaba “Tashabbusli budjet” dasturida respublikaning barcha mahallalari o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari g‘olib loyihalarni sifatli bajarish bilan birga boshqa loyihalarga ham e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

– Masalan, 1 ming 300 ta loyihaga 2 mingdan ortiq aholi ovoz bergan bo‘lsa-da, g‘olib bo‘lmagan. Bu – 4 milliondan ortiq aholi ko‘targan masala yechimini topmadi, degani. Shuning uchun aholining bu xayrli takliflarini qo‘llab-quvvatlashimiz zarur, – dedi Prezident.

Ushbu loyihalarga qo‘shimcha 1 trillion 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yana bir muhim jihati, “Tashabbusli budjet” dasturida qatnashgan 34 mingta loyiha kelgusi yil budjetini shakllantirish uchun tayyor taklif. Masalan, mahallalardagi tibbiyot muassasalarini ta’mirlash bo‘yicha mingdan ortiq, maktablarni parta va kompyuter bilan jihozlashga 5 mingdan ziyod loyiha taklifi kelib tushgan.

Prezident “Tashabbusli budjet”da 1 ming 500 dan ortiq ovoz to‘plagan loyihalarni 2024-yilgi budjetni shakllantirishda inobatga olish zarurligini ta’kidladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться