O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari integratsiya qilinadi

2023-03-09 | Iqtisodiyot

Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-mayga qadar muddatga Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2965).

Qarorda “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan 2023-yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023-yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlarini yakunlash topshirilgan.

Shuningdek, Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali hisob-kitoblarni 24/7 rejimida onlayn tartibda amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi Markaziy bankning “Tezkor to‘lovlar” tizimiga integratsiya qilinadi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться