O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda 2022-yilda 12 millionga yaqin ichki sayohat amalga oshirildi

2023-03-06 | Turizm

Madaniyat va turizm vazirligida ichki turizmni rivojlantirishga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi. Unda vazirlik boʻlim boshligʻi Zarrina Abdullayeva, mutasaddilar hamda turizm sohasidagi yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohani rivojlantirish, xususan, 2023-yilda ichki turizm sohasida oldinga qoʻyilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalasi muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, yurtimizda turizm sohasiga berilgan imkoniyatlar, jumladan, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Qonun, qonun osti hujjatlar, farmon hamda qarorlar natijasida ichki turizm rivojlanmoqda.

Uchrashuv doirasida maʼlum qilinishicha, 2022-yil davomida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida 11 435 000 ta (2021-yilga nisbatan 1,9 barobar koʻp) ichki sayohatlar amalga oshirilgan. Jumladan, 700,1 mingta mehnat jamoalari sayohatlari, 37,9 mingta ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar sayohatlari, 1,4 mingta notinch oilalar sayohatlari, 588,3 mingta yoshlar hamda nuroniylar sayohatlari hamda 10 mln 107,4 mingta mahalliy aholi sayohatlari tashkil qilindi.

Taʼkidlash kerakki, uchrashuvda turizm turlarini rivojlantirish, ayniqsa, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish turizmning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolayotganligi alohida taʼkidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться