O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2026-yilga qadar 3 ta yirik va zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi
2023-02-17 | Texnologiyalar
2026-yilga qadar umumiy quvvati 4633 MVt boʻlgan 3 ta yirik va zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Xususan:
➖ 2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;
➖ 2026-yil yakuniga qadar Angor tumanida Germaniyaning “Siyemens Energy”, Fransiyaning “YEDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan quvvati 1560 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
➖ 2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1573 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Maʼlumot uchun: soʻnggi 4 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investisiyalar asosida jami quvvati 6007 MVt boʻlgan 9 ta issiqlik elektr stansiyasini qurish boʻyicha xalqaro kompaniyalar bilan bitimlar imzolandi.
Ushbu loyihlar doirasida 2022-yilda umumiy quvvati 1 374 MVt boʻlgan 6 ta IES ishga tushirildi.
Bugungi kunda umumiy quvvati 4633 MVt boʻlgan uchta loyiha qurilishi davom etmoqda.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi