O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi

2023-02-16 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida bugun, 15-fevral kuni Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha CEEC ENERGY CHINA kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

Taʼkidlash kerakki, mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizga 2 mlrd dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritiladi.

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, stansiyalar 2024-yilda toʻliq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Tomonlar ushbu yirik loyihalarning istiqbollari va tez fursatlarda stansiyalar qurilish ishlarini jadal surʼatlarda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться