O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Senat raisining birinchi o‘rinbosari GFR TIV delegatsiyasini qabul qildi
2023-02-16 | Siyosat
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Matias Lyuttenbergni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, parlamentlararo aloqalar, rejalashtirilgan ishlarning amalga oshirilishiga eʼtibor qaratildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati