O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Quyosh panellaridan foydalanishni kengaytirish

2023-02-14 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida quyosh panellaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shakirov, hokim o‘rinbosari Sharof Rahmanov va poytaxtdagi yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Hotambek Shakirov shaharda muqobil energiya manbalaridan foydalishni kengaytirish orqali anʼanaviy energiya manbalarida kuzatilayotgan uzilishlarning oldini olish, buning iqtisodiyotga va xalq xo‘jaligiga foydali jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Sharof Rahmanov ham quyosh panellarining afzalliklariga eʼtibor qaratib, hozirgacha poytaxtimizda ularni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bu yo‘nalishda olib borilayotgan loyihalar, xorijiy hamkorlar hamda ishlayotgan kompaniyalar haqida maʼlumot berdi.

Yig‘ilishda yirik ishlab chiqaruvchilarning ularning korxonalarining tom qismiga quyosh panellarini o‘rnatishga nisbatan fikr va munosabatlari o‘rganildi. Zaruratga ko‘ra, bu yo‘nalishda har bir ishlab chiqaruvchi bilan alohida ish olib borilishi aytib o‘tildi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться