O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyaning Teikoku kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

2023-02-10 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha o`rinbosari Аleksey Xen Yaponiyaning raqamli texnologiyalar yo`nalishida faoliyat yurituvchi Teikoku kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Аleksey Xen bugungi kunda Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.

Teikoku kompaniyasi direktori Yuichi Nishizono Toshkent shahrida raqamlashtirish yo`nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishga katta qiziqish bildirdi. Bu borada ular qo`llayotgan innovatsion yechimlar ham foydali bo`lishini taʼkidlab, 3D yuqori aniqlikdagi kamera (IMS3) imkoniyatlarini namoyish etdi va uni amalda qo`llash yuzasidan departament mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Kompaniya mutaxassislari namuna sifatida 20 km yo`lni 360 daraja o`lchamda sʼyomka qilib, yo`llar va obʼektlar, ulardagi tashqi reklama vositalari, yo`l belgilarining aniq o`lchamlari hamda yo`llarning taʼmirtalab nuqtalarini bilish mumkinligini ko`rsatib berishdi. Bunday xizmat “Raqamli Toshkent” doirasidagi loyihalar, shuningdek, yo`l infratuzilmasini yaxshilash hamda rivojlantirish ishlarida foydali bo`lishini taʼkidlab o`tishdi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться