O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Transport vaziri Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

2023-02-07 | Iqtisodiyot

6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Trasnport vazirligida Vazir Ilhom Mahkamov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida I.Mahkamov Turkiyada yuz bergan tabiiy ofat oqibatida ko‘plab insonlarning vafot etgani va jiddiy jarohatlangani, katta talofatlar ko‘rilgani munosabati bilan elchi janoblariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish orqali yuk va yo‘lovchi tashuvlari hajmini oshirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Elchi Olgan Bekar janoblari mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalaridagi munosabatlarni yuqori baholadi. O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida bajarilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni bugungi kunda haftasiga 56 tani tashkil etayotgani, avtomobil transportida yuk tashuvlari sohasida ruxsatnoma blankalarini elektron ayirboshlash E-Permit tizimi ishga tushirilganini tomonlar alohida e’tirof etdi.

Uchrashuvda transportning barcha turlari orqali yuk va yo‘lovchi tashuvlari hajmini oshirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarning mamlakatlarimiz turli hududlariga tashrif buyurishlari uchun yanada qulay bo‘lagan sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, tomonlar ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida navbatdagi uchrashuvni tashkil etish, yangi muqobil transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться