O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

2023-02-07 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida XXR Raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya, turizm va boshqa yo‘nalishlarda muhim dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Szyan Yan mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться