O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiyada ro‘y bergan zilzila to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati axboroti

2023-02-06 | Siyosat

Turkiyaning bir qancha hududlarida ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

2023-yil 6-fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga koʻra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkin.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться