O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rigada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

2023-02-06 | Turizm

Riga shahrida  o‘tkazilgan “BaltTour-2023” 28-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

O‘zbekiston elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, 3-5 fevral kunlari Latviya poytaxtida o‘tkazilgan “BaltTour” ko‘rgazmasi Boltiqbo‘yida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan eng yirik tadbirlardan hisoblanadi. Uning ishida har yili dunyoning 40 dan ortiq davlatidan sayyohlik, ulgurji va chakana savdo sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi 1000 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etadi. Ko‘rgazmaga 30 mingdan ziyod kishi tashrif buyuradi.

Navbatdagi xalqaro tadbirda O‘zbekistonning qator turoperatorlari ham o‘z stendlari bilan ishtirok etdi. Xususan, davlatimiz rahbarining «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning sayyohlik darvozasi» tashabbusining targ‘iboti doirasida Samarqandning «Yulduzhon Hilol», «Tour Salon», «SOF Keramik Art» kompaniyalari imkoniyatlari namoyish etildi.

Bundan tashqari, «Uzbekistan Airways» AJ o‘z stendida O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlik oqimini qulay transport bilan taʼminlash imkoniyatlarini taqdim etdi. Aviakompaniya, shuningdek, 28 martdan boshlab Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar miqdorini oshishni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qildi.

Ishtirokchilar Latviya, Litva, Estoniya va Finlyandiya sayyohlarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi. Bunga “BaltTour” tashkiliy qo‘mitasi o‘z veb-saytida “O‘zbekiston” sayyohlik yo‘nalishining jozibadorligini targ‘ib etish maqsadida joylashtirgan «Samarqand bo‘ylab ekskursiyalar» nomli targ‘ibot materiali ham ko‘mak berdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться