O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘lib turibdi

2023-02-03 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi dasturi doirasida “Vahat Al Karama” yodgorlik majmuasi va “Shayx Zoid” masjidida bo‘ldilar.

“Vahat Al Karama” yodgorlik majmuasida uning ijrochi direktori Shayx Xalifa bin Tahnun bin Muhammad Ol Nahayon O‘zbekiston delegatsiyasini kutib oldi.
 
“Qadr-qimmat vohasi” ma’nosini anglatuvchi ushbu memorial BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahoyonning buyrug‘i bilan Birlashgan Arab Amirliklari ozodligi va birdamligi uchun qurbon bo‘lganlar sharafiga bunyod etilgan.
 
Oliy Majlis Senati Raisi Amirliklar uchun o‘z jonini fido qilgan qahramonlarga hurmat bajo keltirdi va majmuaning Faxriy mehmonlar kitobida dastxat qoldirdi.
 
Shundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi “Shayx Zoid” masjidiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari masjidning tashkil etilishi tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
 
“Shayx Zayd” masjidi BAA asoschisi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayonning g‘oyasiga ko‘ra bunyod etilgan bo‘lib, majmuaning asosiy maqsadi mahalliy aholi va poytaxt mehmonlari uchun turli xalqlar madaniyatini bog‘laydigan maxsus ziyorat maskanini yaratishdan iborat bo‘lgan. Masjid 106 metr balandlikdagi to‘rtta minora bilan o‘ralgan.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari “Shayx Zoid” masjidining Faxriy mehmonlari kitobida o‘z dastxatini qoldirdi.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Поделиться