O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiyaning “Dorogobujkotlomash” loyiha-muhandislik markazi mutasaddilari bilan uchrashuv
2023-02-03 | Jamiyat
31-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Rahmonov Rossiyaning “Dorogobujkotlomash” loyiha-muhandislik markazi mutasaddilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda poytaxtimiz Issiqlik markazlaridagi issiqlik taʼminotini yaxshilash masalasi atroflicha muhokama etildi. Xususan, gaz bosimi meʼyorda uzatilmagan hollarda qozonlarni isitish uchun muqobil – energotejamkor va samaradorligi yuqori bo‘lgan yoqilg‘ilardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, Issiqlik markazlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, dispecherlik ishiga yangiliklarni joriy etishning samarali usul va vositalari ko‘rib chiqildi.
Baxtiyor Rahmonov birinchi navbatda anomal sovuq kunlarda qiyinchiliklar kuzatilgan 3 va 5-Issiqlik markazlaridagi holatni yaxshilash va poytaxtdagi barcha Issiqlik markazlarining sharoitni talab darajasiga keltirish muhimligiga eʼtibor qaratdi.
Rossiyaning “Dorogobujkotlomash” loyiha-muhandislik markazi direktori Aleksandr Artamonov hamda RF va MDH bo‘yicha hududiy rahbari Rovshan Idrisxodjayev tomonidan poytaxtimizning issiqlik taʼminoti uchun masʼullar bilan birgalikda Issiqlik markazlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha xulosa va takliflarni tayyorlash uchun o‘rganish ishlari boshlandi.
Tafsilotlarga keyinroq yana to‘xtalamiz.
Manba: Toshkent shahar hokimligi