O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish bo‘yicha talablar soddalashtirilmoqda

2023-02-02 | Jamiyat

O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi  qarorida qayd etildi.

“Norma” portali maʼlumotiga ko‘ra, hujjat bilan chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olish uchun yagona muddat o‘rnatilmoqda – 3 kun ichida.

 Shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha ro‘yxatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda.    Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiradi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться