O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida tuman hokimliklarining tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi

2023-02-01 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tomonidan tuman hokimliklarining tarkibiy bo‘linmalaridagi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.

Tinglovchilarga Agentlikning Toshkent shahar filiali xodimlari, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, psixologlar tomonidan zarur bilim va ko‘nikmalar berib borilmoqda. Xususan, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini ta’minlash, Xotin-qizlar.uz platformasi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, uning ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish kabi dolzarb mavzular mashg‘ulotlar kun tartibidan o‘rin olgan.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться