O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shamsiddin Vohidov shaxmat bo‘yicha «Central Asia Chess Cup 2023» xalqaro musobaqasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

2023-01-26 | Sport

Toshkent  o‘tkazilgan «Central Asia Chess Cup 2023» xalqaro shaxmat musobaqasi yakunlandi

Sovrin jamg‘armasi 18 ming dollarni tashkil etuvchi  ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan jami  57 nafar shaxmatchi dona surdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan O‘zbekiston vakili Shamsiddin Vohidov turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin ham vatandoshimiz  Ortiq Nig‘matovga nasib etdi.  Qozog‘istonlik aql gimnatikachisi Azamat Utegaliyev esa uchinchi o‘rinni  egalladi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Nilufar Yoqubboyevaga teng keladigan raqib topilmadi. U 5,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 

Jamoaviy hisobda 1-o‘rin O‘zbekiston terma jamoasiga nasib etdi. Qozog‘iston va Tojikiston shaxmatchilari mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться