O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi

2023-01-26 | Iqtisodiyot

Joriy yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi va unda Rossiyadan Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Imzolangan “yoʻl xarita”ga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarni va oʻrganishni kelishib olindi.

Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda “yoʻl xaritasi”da Oʻzbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʻliq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda, gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq.

Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться