23:03:09 (GMT+5)    10.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to‘g‘risida

2023-01-24 | Siyosat

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi arafasida 2023-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish uchun yaqin hamkorlik qilishga tayyorligi tasdiqlandi.

Oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va ularning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, transport sohasidagi hamkorlik va hududlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonning IHTdagi raisligi tuzilma faoliyatiga yangi sur’at bag‘ishlab, Tashkilot makonida o‘zaro manfaatli sheriklikni barcha yo‘nalishlarda jadallashtirishga xizmat qilgani qayd etildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться