O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fevral oyida Toshkentda eng kuchli qilichbozlar yig‘iladi
2023-01-23 | Sport
10-12-fevral kunlari poytaxtimiz qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi

Аyollar o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli qilichbozlari yig‘iladi.
Gimnastika sport saroyida o‘tadigan musobaqa Parij-2024 siklidan avval jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi. Ayni paytga kelib, AQSH, Janubiy Koreya, Gretsiya, Vengriya, Ozarbayjon kabi 12 terma jamoa ushbu turnir uchun tarkibini eʼlon qilib ulgurdi.
Vladimir Nazlimov boshchiligidagi sportchilarimiz shu kunlarda Yangioboddagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida mazkur musobaqaga hozirlik ko‘rmoqda.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi