O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapurning taʼlim tajribasi tatbiq etiladi

2023-01-23 | Ta’lim

Toshkent shahar hokimligida hokim oʼrinbosari Durdona Rahimova Singapurning “SixClouds Pte Ltd” kompaniyasi yetakchi ekspert mutaxassislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi mutasaddilari, taʼlimda xalqaro dasturlashni amalga oshiruvchi kordinatorlar, xorijiy tillar boʼyicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida keyingi paytda mamlakatimizda taʼlimga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor berilayotganligi, xususan, joriy yil ham «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deb nomlanganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Singapurga rasmiy tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri boʼlgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi faoliyati bilan batafsil tanishganligi va uning rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar oʼtkazganligi qayd etildi.

Uchrashuvda umumtamʼlim muassasalari oʼqituvchilari va direktorlarining malakasini oshirish, yangi metodikalarga asoslangan uslublarni oʼrgatish, kollaboratsiya, tanqidiy va tahliliy fikrlar boʼyicha ishlar olib borish, pedogog xodimlarning ijodiy yondashuv va sifatli taʼlim berishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, oʼqituvchilarning oʼz ustida ishlashi, ishchanlik qobiliyati va ish samaradorligini oshirish mezonlari ham atroflicha muhokama qilindi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться