O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xodimlarning davomati va ish vaqti hisobi tabeli elektron shaklda qayd etib boriladi

2023-01-19 | Texnologiyalar

Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish uchun elektron platforma ishga tushdi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda kadrlarga oid ish yurituv hujjatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilinadi va yuritiladi.  

Platforma Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz hamda Yagona milliy mehnat tizimi — my.mehnat.uz elektron dasturlari bilan integrallashgan. Xodimlar va mehnatga doir ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi.  

Elektron tizim 2023-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, mahalliy hokimliklarda joriy etilmoqda. Buning natijasida davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish bo‘linmalari byurokratiya va ortiqcha qog‘ozbozlikdan xoli bo‘lgan vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish kabi  qulayliklarga ega bo‘ladi.

Shuningdek, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona elektron bazaga jamlangan holda axborot to‘planadi va unga ishlov beriladi.  

Xodimlar davomati va ish vaqti hisobi tabeli, shuningdek, xizmat safari, mehnat ta’tili, mehnatga layoqatsizlik davri elektron shaklda qayd etib boriladi. Xodimlarning ish faoliyati samaradorligi  avtomatik baholanadi. Kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivi yuritiladi. 

Manba: O'zA

Поделиться