O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab isitish punktlari tashkil etildi

2023-01-17 | Jamiyat

Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida isitish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur isitish punktlarida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.

Isitish punktlari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati:

Mirzo Ulug‘bek tumani — “Alisherobod” va “Olimlar mahallasi”

(90-074-63-66, 91-773-02-42);

Mirobod tumani — “Birodarlik” va “Parvona” mahallalari     

(88-548-19-74, 97-293-80-30);

Yakkasaroy tumani — “Bobur” va “Boshliq” mahallalari                         

(99-817-79-56, 99-837-79-56);

Olmazor tumani — “Quyosh” va “Shodiyona” mahallalari

(97-759-91-77, 97-749-92-46);

Yangihayot tumani — “Navqiron” mahallasi (77-019-22-19);

Uchtepa tumani — “Ko‘hna cho‘ponota” va “Vatan” mahallalari

(00-244-42-29, 88-244-42-29);

Chilonzor tumani — “Sharaf” mahallasi (97-484-92-73);

Yashnobod tumani — “Jarboshi” va “Shironobol” mahallalari

 (99-494-95-14, 97-034-00-52);

Yunusobod tumani — “Otchopar I” va “Posira” mahallalari

(97-463-08-75);

Shayxontohur tumani — “Yangibel” mahallasi (97-345-09-82);

Sergeli tumani — “Xonobod” va “Sadoqat” mahallari

(99-052-66-83, 99-324-73-06).

 

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться