O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bolgariya Respublikasi Turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashuv o‘tkazildi
2023-01-17 | Turizm
Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya Respublikasi turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Tomonlar O‘zbekiston hamda Bolgariya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro turistlar oqimini oshirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish va ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borishdi.
Bolgariya tomoniga O‘zbekiston turizmida amalga oshirilayotgan islohotlar, turistik investitsiya loyihalari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston hamda Bolgariya Respublikalarida turizm sohasida faoliyat olib boraytogan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda Toshkent shahrida joriy yilning aprel oyida B&G, B2B formatida uchrashuvlar tashkillashtirish, yurtimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’lumotlarni Bolgariya ommaviy axborot vositalarida namoyishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi