O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Turkiya harbiy-tibbiy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qiladi

2023-01-17 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda ikki qardosh xalq oʻrtasida barcha sohalar qatori tibbiyot tizimida ham hamkorlik aloqalari yuqori bosqichga koʻtarilmoqda. Xususan, davolash muassasalarini qurish, tibbiy taʼlim va menejmentni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish kabi yoʻnalishlarda ikki davlat Sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida qoʻshma loyihalar amalga oshirilyapti.

Bugungi uchrashuvda ushbu ezgu anʼana davom ettirilib, Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti rektori Javdat Erdol bilan manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, yurtimizda yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshiradigan tor soha mutaxassislarini ikki yillik klinik ordinaturada tayyorlash qoʻshma dasturini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bunda tibbiy taʼlimning ilk oʻquv yili Sogʻlik bilimlari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan Oʻzbekistonda olib boriladi. Ikkinchi oʻquv yili esa Turkiyadagi 60 ta nufuzli klinikada davom ettiriladi.

Muloqot doirasida davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Harbiy gospitali uchun menejment hamda davolash yoʻnalishlarida malakali kadrlar tayyorlash, qoʻshma taʼlim dasturlarini ishga tushirish, turkiyalik harbiy shifokor-professorlarni oʻquv jarayonlariga jalb qilish boʻyicha Sogʻlik bilimlari universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur oliy oʻquv yurti 1903-yil Anqara shahrida faoliyat boshlagan boʻlib, harbiy, kimyoviy, yadroviy va radiatsion tibbiyot sohasida katta tajribaga ega. Shuningdek, muassasa aviatsiya tibbiyoti boʻyicha Turkiyadagi yagona oliy taʼlim dargohi hisoblanadi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi

Поделиться