O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi

2023-01-16 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq Singapur Prezidenti Halima Yaqub va mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu yo‘nalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami muzokaralar yakunida imzolash uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi bo‘lib o‘tadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться