O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seulda O‘zbekiston va Koreya Milliy politsiya agentligi o‘rtasida 2023 yildagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

2023-01-12 | Jamiyat

O‘zbekiston diplomatlari Koreya Milliy politsiya agentligining yuqori mansabdor shaxslari bilan uchrashuv o‘tkazdi va ikki davlat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Uchrashuvda ikki davlat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi barqaror va ijobiy dinamika alohida taʼkidlandi. Ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida videokonferensiya va uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Faqat o‘tgan yilning o‘zida delegatsiyalarning ko‘plab o‘zaro tashriflari, jumladan, yetakchilar darajasida ham tashkil etildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da faollashtirishga doir qator idoralararo hujjatlar imzolandi, shuningdek, hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar ko‘zda tutilgan hamkorlik rejalari kelishib olindi.

Shuningdek, Janubiy Koreya tomoni O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari mutaxassislari uchun kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini taʼminlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar va mahorat darslari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Uchrashuvda keng ko‘lamli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish va tajriba almashish masalalari xususida ham fikr almashildi. 2023 yilda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashish maqsadida ikki davlat huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida yaqin vaqt ichida videokonferensiya o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться