O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan viloyat hokimligi va Janubiy Koreyaning Buyeo-gun shahar maʼmuriyati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2023-01-12 | Jamiyat
King Sejong instituti qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘limining menejeri Seo Jang-Von boshchiligidagi Janubiy Koreyaning Buyeo-gun shahar maʼmuriyati delegatsiyasi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik rishtalarini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Namanganda o‘zaro hamkorlikda zamonaviy laboratoriyani yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini qo‘llashda Janubiy Koreya tajribasini mutaxassislarga o‘rgatish, malaka oshirish hamda mutaxassislarni ishga jalb etishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Manba: Nаmаngаn vilоyati hоkimligi