O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2022-yili 800,8 million dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

2023-01-10 | Iqtisodiyot

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2022 yilda elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati 800,8 million dollardan ortiq 196 turdagi mahsulotlar 60 ta mamlakatga eksport qilindi.

Qayd etilishicha, “GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Slaveniya, Chexiya, Avstriya va Vengriya davlatlariga, shu bilan birga Iroq, Livan, Markaziy va G‘arbiy Afrikaning Gana, Kamerun Respublikalariga tarixda birinchi marta elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan.  

4 ta xalqaro ko‘rgazmada milliy mahsulotlar uchun alohida maydon ajratildi. Ko‘rgazmalar davomida korxonalar qariyb 50 million dollarlik shartnomalarni imzolashga erishilgan. 

Manba: O'zA

Поделиться