O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxt yoshlari uchun Samarqandga sayohat

2023-01-10 | Yoshlar

2023-yilning 2-10-yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda - Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbirlarini tashkil etish belgilangan.

Ushbu dasturiga asosan 4-7-yanvar kunlari Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash hamda Ichki ishlar bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda poytaxtimizda tahsil oluvchi 400 nafar o‘quvchi-yoshlar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Ziyorat tadbiriga shahrimizdagi “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari, nogironligi bor o‘quvchilar, shuningdek, Respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar jalb etildi.

Sayohat davomida yoshlar ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida joylashgan birinchi prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini, Shohi Zinda va Bibixonim majmualarini, Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi.

Shuningdek, ular Samarqandning turistik salohiyatini namoyon etuvchi Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, “Boqiy shahar” tarixiy majmuasi, “Buyuk ipak yo‘li” markazi hamda “Konigil” qishlog‘i bilan yaqindan tanishishdi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться